AQSH da o’qib yurgan kezlarim, (2007-yillar) tahminan 19 yosh edim. O’sha paytlari, musaffo.com degan sahifam bo’lar edi. Yopilib ketgan, manimcha hostingga pul bo’magan. 2007-yillarda hostingga pul topishim qiyin edi.
O’zbekistonga qaytdim, sekin-sekin fikrbank.com blogini yuritishni boshladim. Keyin Qalampir.uz domenini sotib oldim. (Ha, hozirgi qalampir.uz domeni – yangiliklar sayti bo’lmasidan avval menga tegishli edi.) Keyin u ham qolib ketti. Keyin hamma narsa o’zgarib ketdi. Bloglar saytlardan – xabar platformalari – Telegram va boshqa shu kabilarga ko’chdi. Fikrbank – telegramda ish boshladi. O’shanda 2017-yil edi. Orada bir muddat yuradi, yana to’xtab qoladi. O’zi manga tekkan kasallik shekilli bu.
Nimadir bo’ldi-yu, Imprint, Headway degan mikro-learning applarga «ilakishib» qoldim. Ularda o’rgangan narsalarim esimda qolmas edi. Qiynalar edim. Shularni video qilib instagramga joylasam, o’zimniyam esimda qoladi deb o’yladim. Qolaversa, auditoriya yig’ilsa nimasi yomon. Hammasi shundan keyin boshlandi. 1 oyda 30K odam yig’ildi, bir ikki yaqin do’stlarimizni qo’llashi sabab bo’ldi. Instagram telegramga ulandi, telegram esa YouTubega.
Nima bo’lganda ham niyatim holis, shu loyihani umumiy ilm platformasiga aylantirish bo’lgan. Odamlarga manfaati tegsin. O’lib ketganimizdan keyin bizdan qolgan yaxshi digital-footprint bo’lsin deb niyat qildim. Omiyn. Quyida 1% Bilimning boshqa sahifalariga o’tishingiz mumkin.
Xurshid Maroziqov