Kuzatib yurgan va o'rganib tasdiqlagan narsalarim.
1. Endi tanangiz 25 yoshli tana emas. Endi sizning tanangizni tiklanish vaqti boshqacha. Birdaniga ko'p harakat bilan "qahramon" bo'lishga urinib, keyin grija yoki bel og'rig'i bo'lish, yoki qon quyilib "tromb" bo'lish havfi yuqoriroq. Tana avval sekin ogohlantiradi, mayda og'riqlar bilan "signal beradi". Eshitmasangiz, keyin baqiradi.
2. Uyqu endi tanlov emas. Ko'pchilik charchoqni "qarilik" alomati deb biladi, aslida esa — uyqusizlik gormoningizni buzadi, immunitetingizni yemiradi, xotirangizni xira qiladi. To'yib, to'g'ri uxlash — dangasalik emas. Bu endi tanangizga "texnik xizmat" ko'rsatishdek gap.
3. Do'stlaringiz soni tabiiy ravishda kamayadi. Shuning uchun tanlab do'st bo'ling. Har safar ko'rishganingizda asabingiz buziladigan odamlar bormi? Ruxsat — bunday odamdan uzoqlashing. Sizga energiya beradigan insonlarga vaqt ajrating.
4. Kuch mashqlarini boshlang. Agar hali boshlamagan bo'lsangiz, kuch mashqlarini boshlang. Mushaklar 30 yoshdan so'ng so'nib boradi. Suyaklar ham ularga ergashadi. 75 yoshda ham o'ziga xizmat qila oladigan odamlarni ko'rganmisiz? Ular vaqtida tanalarini to'g'ri parvarish qilgan odamlar.
5. "Yo'q" deyishni o'rganing. Izohsiz. Sizning vaqtingiz eng qimmat resursingiz. Yoshligingizda hamma odamlarni xursand qilish foydali edi. Endi esa — charchatadi, vaqtingizni oladi.
6. Kolonoskopiya va tibbiy ko'riklarga jiddiy qarang. Yoshi katta tajribali shifokorlardan so'rasangiz, hammasi bir hil gapni aytadi: "Juda ko'p og'ir tashxislar bor edi — vaqtida tahlil topshirilganda, oldi olinardi." O'zingizni tekshirtirib turing.
7. Ota-onangiz qarimoqda. Bunga tayyor bo'ling. Duo olib qolish uchun vaqtingiz chegaralanligini sezing. Pul va meros masalalarini reanimatsiyada emas, hozir muhokama qilish kerak.
8. Orzularingizni kechiktirmang. "Keyinroq" deb yurgan orzularingizni ortga surmang. Tizzangiz o'zi-o'zidan tuzalmaydi. Energiya ko'paymaydi. Reja tuzing — bugun.
9. Ish va oiladan tashqari hayotingizga mazmun beradigan nimadir toping. Ko'ngilli bo'lish, bog' yaratish, yoshlarni yo'llash — farqi yo'q. Boshqalarning ehtiyoji yoki e'tiboriga bog'liq bo'lmagan maqsad kerak.
BONUS: Har narsani ideal qilishga urinish — 35 yoshdan keyin ortiqcha yuk. "Yetarli" degani — ko'pincha yetarli.
Asosiy haqiqat: vaqt cheklangan. Energiya ham. Buni inkor etish — har ikkisining barbod bo'lishiga xizmat qiladi.