30 Yoshdan oshganlarga 9ta maslahat

Kuzatib yurgan va organib tasdiqlagan narsalarim

1. Endi tanangiz 25 yoshli tana emas. Endi sizning tanangizni tiklanish vaqti boshqacha. Birdaniga ko’p harakat bilan «qahramon» bo’lishga urinib, keyin grija yoki bel og’rig’i bo’lish, yoki qon quyilib «tromb» bo’lish havfi yuqoriroq. Tana avval sekin ogohlantiradi, mayda og’riqlar bilan «signal beradi». Eshitmasangiz, keyin baqiradi.

2. Uyqu endi tanlov emas.

Ko’pchilik charchoqni «qarilik» alomati deb biladi, aslida esa – uyqusizlik gormoningizni buzadi, immunitetingizni yemiradi, xotirangizni xira qiladi. To’yib, to’g’ri uxlash – dangasalik emas. Bu endi tanangizga «texnik xizmat» ko’rsatishdek gap.

3. Do’stlaringiz soni tabiiy ravishda kamayadi. Shuning uchun tanlab do’st bo’ling. Har safar ko’rishganingizda asabingiz buziladigan, biror manaviy yoki boshqa manfaat olib bo’lmaydigan odamlar bormi? Ruxsat – bunday odamdan uzoqlashing. Sizga energiya beradigan, to’g’ri yo’lda hamroh bo’ladigan insonlarga vaqt ajrating.

4. Kuch mashqlarini boshlang Agar hali boshlamagan bo’lsangiz, kuch mashqlarini (masalan tosh ko’tarish) boshlang. Sport zalini yoqtirmaysizmi? Endi farqi yo’q. Mushaklar 30 yoshdan so’ng so’nib boradi. Suyaklar ham ularga ergashadi. 75 yoshda ham o’ziga xizmat qila oladigan odamlarni ko’rganmisiz? Ular vaqtida tanalarini to’g’ri parvarish qilgan odamlar. Bir joyda yotganlar esa aksariyat hollarda bu masalaga befarq bo’lganlar.

5. «Yo’q» deyishni o’rganing Izohsiz. Sizning vaqtingiz eng qimmat resursingiz. «Men bunga ulgurmayman» degan gap yoki chiroyli «uzr aytish» – to’liq va yetarli javob. Yoshligingizda hamma odamlarni xursand qilish foydali edi. Endi esa – charchatadi, vaqtingizni oladi.

6. Kolonoskopiya va tibbiy ko’riklarga jiddiy qarang. Yoshi katta tajribali shifokorlardan so’rasangiz, hammasi bir hil gapni aytadi. «Juda ko‘p og‘ir tashxislar bor edi – vaqtida tahlil topshirilganda, oldi olinardi.» Saraton erta aniqlansa, ko‘pincha davolanadi. Kech qolinsa – Xudoni irodasi… O’zingizni tekshirtirib turing. Xudo tanani omonat qilib bergan.

7. Ota-onangiz qarimoqda Bunga tayyor bo’ling. Ular qanday yashashni xohlashadi? Qanday yordam kerak? Duo olib qolish uchun vaqtingiz chegaralanligini sezing. Qo’ldan boy bermang vaziyatlarni. Keyin yana bir narsa… Achchiq yoki yoqimsiz bo’lsa ham pul, meros masalalari qanday bo‘ladi? Bu savollarni reanimatsiyada emas, hozir muhokama qilish kerak. Aks holda – hammaga og‘ir bo‘ladi, rishtalar ham uzilishi mumkin.

8. Orzularingizni kechiktirmang «Keyinroq» deb yurgan orzularingizni ortga surmang. Tizzangiz o’zi-o’zidan tuzalmaydi. Energiya ko’paymaydi. Majburiyatlar birdan yo’qolmaydi. Italiyaga borishni xohlaysizmi yoki Tajvid o’rganmoqchimisiz? Reja tuzing – bugun. Mazmunli hayot quring

9. Ish va oiladan tashqari hayotingizga mazmun beradigan nimadir toping. Ko’ngilli bo’lish, bog’ yaratish, yoshlarni yo’llash, vaqf qurish – farqi yo’q. Boshqalarning ehtiyoji yoki e’tiboriga bog’liq bo’lmagan maqsad kerak. Aks holda – nafaqadagi bekorchilik ichingizni yemiradi.

BONUS: Har narsani ideal qilishga urinish – 35 yoshdan keyin ortiqcha yuk. ‘Yetarli’ degani – ko’pincha yetarli.» Birortani yoki o’zingizni hafa qilib qo’ydingizmi? Normal bu. Bundan qochib bo’lmaydi. Shunga ko’ning. Farzandingizni qaysidir maktab tadbiriga bora olmasangiz, fojea emas. Dam olish kunlari ishga chiqmadingiz, siz bo’lmasangiz ham amallashadi.

Asosiy haqiqat: vaqt cheklangan. Energiya ham. Buni inkor etish – har ikkisining barbod bo’lishiga xizmat qiladi.