WWDC — dasturchilar uchun 2025 yilgi konferensiyasi boshlanish arafasida. Ish qilib nimadir bormikin?
Muammo shundaki, Siri — Apple Intelligence bayroqdori — allaqachon o'zini raqobatchilaridan ancha orqada qolib ketib bo'ldi. Stiv Jobs o'lishidan oldin Sirini Apple tarkibiga qo'shib olgan edi. Keyin o'sha yili o'zi o'lgan.
Siri keyinchalik rostmana "yetim qoldi". Sababi, yangi kelgan rahbariyat Siriga e'tiborni pasaytirdi, unga bir yilda faqat bir marta "update" qilishga ruxsat berildi. Yangi texnologiya haqiqiy yetim bolaga o'xshab qoldi.
Bu yilgi Apple prezentatsiyalaridagi janjallar hali tugab ulgurmadi. Apple prezentatsiyalarida hammaga tanishtirilgan "Apple Intelligence" sun'iy intellekt imkoniyatlari aslida "to'qib chiqarilganligi" orqasidan kompaniya ustidan sudlar hali tugamadi. Ko'payib boryapti.
Nokia o'zining "cho'qqiga chiqqan" paytida mobil telefonlar bozorini 49 foizni egallagan edi. Shular quladi. Yangi texnologiyaga moslashmaganligi uchun quladi. Applening ham bugungi kunda smartfon bozoridagi ulushi nari borsa 25 foizni tashkil qiladi. Agar parda ortida nimadir qilayotgan bo'lmasa, ko'rinib turgan holatdan ularning ham boshida RIM (Blackberry) yoki Nokia taqdiri borga o'xshaydi.
Yashasak ko'raveramiz. Sun'iy intellekt disruptiv texnologiya. Bozor, ta'lim, texnologiya — hammasini oyog'ini osmondan qilsa kerak.