Men 73 yoshdaman. Hozir sizga hayotingizni ostun-ustun qilib yuboradigan gaplarni aytaman.
Qarish haqidagi barcha tasavvurlaringiz noto'g'ri. Ota-onangiz, o'qituvchilaringiz va jamiyat sizga yolg'on gapirishgan yoki o'zlari ham haqiqatni bilishmaydi.
Men ham 50 yoshimgacha o'sha yolg'onlarga ishonib yashadim. Karera qildim, uy-joyim, obro'yim bor edi. Hammasi joyida deb o'ylardim. Lekin 52 yoshimda yuragim "pand berib qo'ydi". Majlisda o'tirganimda birdan dunyo aylanib ketdi. Ko'zimni kasalxonada ochdim.
O'shanda bir dahshatli narsani angladim: men hayotni "avtopilot"da yashabman. Shunchaki boshqalarning kutganlarini bajarish, rejalarni to'ldirish bilan band bo'libman.
"Pul topsam, baxtli bo'laman", "Lavozimim oshsa, dam olaman", "Bolalar katta bo'lsa, sayohat qilaman" deysiz.
Lekin o'sha kun hech qachon kelmaydi. Chunki marra doim uzoqlashaveradi. Lavozim olsangiz, yanada kattrog'ini hohlaysiz. Pul topsangiz, ko'prog'ini istaysiz. Shunday qilib, 70 yoshga kirganingizda hayotingiz qayerga ketganini tushunmay qolasiz.
Muvaffaqiyat — yomon maqsad. Unga erishasiz, 48 soat o'zingizni zo'r his qilasiz, keyin esa bu tuyg'u o'tib ketadi. Yana yangi yutuq, yana tan olishlarini kutish boshlanadi. Bu xuddi g'ildirak ichida yugurayotgan olmaxonning holatiga o'xshaydi.
Men hozir muvaffaqiyatsiz bitimlar haqida o'ylamayman. Men bormagan sayohatlarim, akam bilan sovuqlashgan munosabatlarim, yozilmagan kitobim va ish tufayli farzandlarimga ajratmagan vaqtim uchun siqilaman.
Yaqinlaringiz bilan vaqtingiz cheksiz deb o'ylamang. Otam 45 yoshimda vafot etdi. Doim "ishlarim kamaysa, gaplashib olamiz" derdim. O'sha imkoniyat boshqa bo'lmadi.
Yurak xurujidan keyin men o'zgardim. Muhim bo'lmagan narsalarga "yo'q", o'n yillab ortga surgan ishlarimga "ha" deyishni boshladim. Oxirgi 21 yil ichida hayotni oldingi 52 yilga qaraganda yaxshiroq tushundim.
Aslida hammasi juda oddiy:
- Yaxshi ko'rgan insonlaringiz bilan vaqt o'tkazish.
- O'zingizga yoqadigan ish bilan shug'ullanish.
- Buyumlarni yig'ish emas, xotiralar to'plash.
- Shu yerda va hozir yashash.
Ertaga o'lib qolsangiz, yashagan hayotingizdan ko'nglingiz to'ladimi? Agar javobingiz "yo'q" bo'lsa, nimani kutayapsiz?
30 yoshlik holimga qayta olsam, shunday derdim: Siz uchun ahamiyatsiz bo'lgan odamlarda taassurot qoldirishni bas qiling. Karera deb sog'lig'ingizni qurbon qilmang. Baxtni "qachondir"ga surib qo'ymang. Yashash uchun birovdan ruxsat kutmang.
Ota-onangizga ko'proq qo'ng'iroq qiling. Orzu qilgan sayohatga chiqing. Sizni charchatadigan majburiyatlardan voz keching. Buni hozir boshlang. Kelasi yil emas, loyiha tugagach emas, pul ko'paysa emas — hozir!
Chunki "ayni vaqti" hech qachon kelmaydi. Hayot doim chalkash va muammolarga boy bo'ladi. Agar kutib o'tirsangiz, bir kun uyg'onib, butun umringizni kutish bilan o'tkazganingizni tushunib yetasiz.
Men hozir 73 yoshdaman va har qachongidan ham baxtliman. Chunki vaqt cheklanganini tushunib, uni isrof qilishni bas qildim. Sizda ham tanlov bor: yo hozirgi hayotingizda davom etasiz, yo bugun uyg'onib, haqiqiy hayotni boshlaysiz.
52 yilni bekorga sarflamang. Mening xatolarimdan dars oling. Muhim narsalarga vaqt toping.