Illustrator: David Parkins
Minnesota universiteti tadqiqotchisi Russell Funk ikki yil oldin bir maqola e’lon qilganida, bunday shov-shuv bo’lishini kutmagan edi. Uning tadqiqoti 250 dan ortiq media-agentliklarida muhokama qilindi va hatto AQSh Kongressida tilga olindi.
Funk va uning hamkasblari hayratlanarli xulosaga kelishdi: zamonaviy ilmiy maqolalar va patentlar vaqt o’tishi bilan kamroq «sohada yangilik qiluvchi» bo’lyapti. Ya’ni yangi ilmiy ishlar oldingi tadqiqotlarni «eskirgan» deb e’lon qilishi tobora kamayib bormoqda.
Raqamlar ajoyib: 1945 yildan 2010 yilgacha har yili chiqarilgan ilmiy maqolalar soni keskin oshgan. Lekin «olamshumul» ilmiy maqolalar soni o’sha darajada qolgan. Demak, o’rtacha ko’rsatkich pasaygan.
Bu degani, fan sohasiga ko’proq pul va odam jalb qilish avtomatik ravishda katta kashfiyotlarga olib kelmasligini anglatadi.
«Bizning bugungi taraqqiyotimiz XX asrning katta sakrashlaridan ancha zaif», – deydi AQSh Fan va Texnologiya Siyosati Idorasi direktori Michael Kratsios.
Baholash usuli: Funk jamoasi «CD indeksi» deb ataladigan usulni ishlatgan. Bu o’lchov maqolaning keyingi ishlarga qanchalik ta’sir qilganini ko’rsatadi. Agar keyingi tadqiqotlar faqat yangi maqolani keltirsa, oldingi ishlarni esa e’tiborsiz qoldirsa, bu «sohada yangilik qiluvchi» hisoblanadi.
Tanqidlar: Ba’zi olimlar bu usul mukammal emasligini ta’kidlaydi. Masalan, AlphaFold – protein tuzilishini bashorat qiluvchi dastur, Nobel mukofotiga sazovor bo’lgan – bu indeksda past ball olgan.
1. Ma’muriy yuklarning og’irligi Gollandiya tadqiqotiga ko’ra, universitetlardagi professor-o’qituvchilar vaqtlarining 20% dan kamini aslida tadqiqotga sarflaydi. Qolgan vaqt grant yozish, boshqarish va dars berish bilan o’tadi.
2. Nashr bosimi Olimlar «nashr et yoki yo’qol» bosimi ostida. 1996-2023 yillarda har bir tadqiqotchiga to’g’ri kelgan maqolalar soni ikki barobar oshgan. Natijada g’oyalar bir necha kichik maqolaga bo’lib tarqalmoqda.
3. Qimmat jihozlar XVII asrda Robert Boyle o’z uyida tajribalar o’tkazishi mumkin edi. Bugungi kunda Jeneva yaqinidagi Katta Hadron Kollayderiga o’xshash ulkan infratuzilmalar kerak.
4. Chekli e’tibor Kopengagen universiteti tadqiqotchisi Roberta Sinatra fikricha, «sohada yangilik qiluvchi» maqolalar hali ham mavjud, lekin ilmiy hamjamiyatning e’tibori cheklangan. Har yili faqat ma’lum miqdordagi ish «tarixiy» deb e’tirof etilishi mumkin.
Yangi moliyalashtirish usullari:
Jamoalar tuzilishi:
Funkning tadqiqoti olimlarni hayratda qoldirdi. «Agar bu haqiqat bo’lsa, odamlar o’z pullarini boshqa joylarga sarflaydi», – deydi Shimoliy-g’arbiy universiteti tadqiqotchisi Brian Uzzi.
Yomonroq holat – ilmiy samaradorlikning pasayishi butun tadqiqot va ilmiy izlanish tizimiga zarar keltirishi mumkin.
Fan olamidagi bu muhokama nafaqat akademik qiziqish masalasi. Agar haqiqatan ham ilmiy taraqqiyot sekinlashayotgan bo’lsa, bu iqtisodiy o’sish va texnologik rivojlanishga ta’sir qiladi.
Biroq Funk ogohlantiradi: «Sekinlashuvchi innovatsiyalar haqiqatini tan olish fanga tahdid emas – bu uni qutqarish yo’li».
Masala shundaki, faqat ko’p maqola yozish kifoya emas. Sifat va haqiqiy yangilik muhim. Fanni saqlab qolish uchun bu muammolarni ochiq muhokama qilish va yechim topish zarur. Ayniqsa AI zamonida.
Ushbu maqolada David Mathews ning 21-May, 2025 yilda «Nature» jurnalida chop qilingan «Are groundbreaking science discoveries becoming harder to find?» maqolasi asosida tayyorlandi. 1
Telegramda 1% Bilim kanaliga obuna bo’ling.
Kelajak ta’limi: Sinfxonadan ustoz-shogird tizimiga o‘tish Bir asrdan oshiq vaqt davomida ta’lim bir model asosida…
Avvallari ma’lumot olish ham qiyin edi, uni tekshirish esa ikki barobar. Masalan Buxoriy bir ma’lumotni…
Kuzatib yurgan va organib tasdiqlagan narsalarim 1. Endi tanangiz 25 yoshli tana emas. Endi sizning…
Kir yuvadigan mashina, muzlatgich, changyutgich, blender va boshqa maishiy texnikalar. Bular bizning yumushlarimizni kamaytirishi, osonlashtirishi…
DeepL kompaniyasi butun internetni 18 kunda tarjima qilishga erishibdi. Nemislar NVIDIA’ning eng yangi superkompyuteri bilan…
WWDC - dasturchilar uchun 2025 yilgi konferensiyasi boshlanish arafasida. Ish qilib nimadir bormikin? Muammo shundaki,…