← 1Foiz
Maqola

Ma'lumotlar Logistikasi

Xurshid Maroziqov22 Iyul, 2025

Dastlab ma'lumot olish qiyin edi, uni tekshirish esa ikki hissa qiyinroq. Masalan, Imom al-Buxoriy bitta ma'lumotning haqiqiyligini tekshirish uchun aql bovar qilmaydigan ishlarni qilgan. Ma'lumot ishonchliligini va manba ishonchliligini aniqlash qimmat logistikani talab qilgan — kilometrlab sayohat, pul va energiya sarf bo'lgan.

Bilimning qadr-qimmati

Ma'lumotning kamligi odamlarga foyda keltirganga o'xshaydi. "Eshit, eslab qol!" tamoyili ishlagan. Chunki kitobda ko'rgan ma'lumotingizni boshqa joyda uchratish ehtimoli kam edi. Bunday yo'l bilan olingan bilim ko'proq qadrga ega bo'lgan deb o'ylayman.

Yig'uvchilar bo'lib qoldik

Texnologiya rivojlangan sari, bilim kitob muqovalari orasiga osonroq sig'adigan bo'ldi. Lekin biz bilimga nisbatan tobora beparvoroq bo'lib boryapmiz.

Ko'pchiligimiz "ma'lumot yig'uvchilarga" aylanib qoldik. Ma'lumot yig'amiz, lekin to'plangan bilimdan hech narsa yaratmaymiz. Biror narsa qilishimiz, biror narsa yaratishimiz kerak. Balki bu yangi odat yoki mahsulotdir — noaniq. Lekin davom etamiz.