Categories: tafakkur

Ma’lumotlar Logistikasi

Avvallari ma’lumot olish ham qiyin edi, uni tekshirish esa ikki barobar. Masalan Buxoriy bir ma’lumotni sahihligini tekshirish uchun aql bovar qilmaydigan vazifalarni bajargan. Axborot va uning manba’sining ishonchli ekanligini aniqlash uchun logistika juda qimmat bo’lgan (Info Validation). Kilometrlab masofalar bosilgan, pul va energiya harajati. Qisqasi jarayon oson bo’lmagan. Bir ma’lumotni sahihligini tekshirish uchun 10, kerak bolsa 50-100 km masofa bosgan odam o’sha ma’lumotni unitishi mumkin deb o’ylaysizmi?

Axborot tanqisligi aslida insonlar uchun foyda bo’lgan bo’lsa kerak. Ya’ni «Eshitdingmi, eslab qol!» tamoyili ishlagan. Aks holda, ko’rgan ma’lumoting kitobda kelgan bo’lsa ham katta ehtimol bilan sen u kitobni boshqa ko’rmagansan. Shu yo’sinda olingan ilmda qadr bo’lgan deb o’ylayman.

Oxirgi kunlarda uydagi kitoblarimga razm solib chiqdim. Baribir nisbatan oson, texnologiya yutuqlari jildlar orasiga joylashgandek. Kitobni mazmuni haqida aytmayapman. Umumiy progress haqida aytmoqchiman. Ya’ni rivojlanganimiz sari, ilm borasida dangasa bo’lib borayotgandekmiz. Bu yerga qanday keldik? Masalan yozib olish yoki xotira uchun vositalar rivojlanishiga qarang:

Va bu ixtirolarga razm soladigan bo’lsangiz, ularning umri borgan sari qisqarib bormoqda. Endi esa yozish uchun ishlatgan instrumentlarimiz ga nazar soling:

Va bular yordamida to’plagan ma’lumotlarimizni quyidagilarda saqlayapmiz:

Texnologiyalar rivojlanib borar ekan, narsalarining shunchaki «oson mavjudligi» bizni go’yo xotirjam qilayotgandek qaysidir ma’noda.

Deyarli har oy kitoblar uchun kichkina harajat qilmayman. Huddi Dobellida bo’lganidek menda ham o’qilmaganlari bisyor. O’ylab qarasam, ko’pchiligimiz «ma’lumot jinnisiga» aylanganmiz xolos. Ularni yig’amiz. Lekin to’plaganlarimizdan nimadir qurmaymiz. Nimadir qilishimiz kerak, nimadir qurishimiz kerak. Balki yangi odatdir, balki produkt-mi bilmadim. Shunga qarab yuramiz buyog’iga.

hurshidbey

Recent Posts

Biz bilgan ta’lim o’lmoqda. Nima uchun diplom kerak bo’lmaydi va Ustoz-shogird tizimining qaytishi haqida.

Kelajak ta’limi: Sinfxonadan ustoz-shogird tizimiga o‘tish Bir asrdan oshiq vaqt davomida ta’lim bir model asosida…

3 hafta ago

Fan olamidagi muammo: Buyuk kashfiyotlar nima uchun kamaymoqda?

Ilmiy maqolalar ko'paymoqda, lekin haqiqiy yangiliklar kamaymoqda. Minnesota universiteti tadqiqotchisi Russell Funk ikki yil oldin…

1 oy ago

30 Yoshdan oshganlarga 9ta maslahat

Kuzatib yurgan va organib tasdiqlagan narsalarim 1. Endi tanangiz 25 yoshli tana emas. Endi sizning…

1 oy ago

Sun’iy Intellek Vadasi

Kir yuvadigan mashina, muzlatgich, changyutgich, blender va boshqa maishiy texnikalar. Bular bizning yumushlarimizni kamaytirishi, osonlashtirishi…

1 oy ago

Hammasi tezlashib ketyapti…

DeepL kompaniyasi butun internetni 18 kunda tarjima qilishga erishibdi. Nemislar NVIDIA’ning eng yangi superkompyuteri bilan…

2 oy ago

Bugun hamma Appledan nimadir kutyapti.

WWDC - dasturchilar uchun 2025 yilgi konferensiyasi boshlanish arafasida. Ish qilib nimadir bormikin? Muammo shundaki,…

2 oy ago