Kir yuvadigan mashina, muzlatgich, changyutgich, blender va boshqa maishiy texnikalar. Bular bizning yumushlarimizni kamaytirishi, osonlashtirishi kerak edi. Va biz buni evaziga ko’proq vaqtni mazmunli o’tkazib yoki oila va bola parvarishiga sarflashimiz kerak edi. Har qalay 60-yillardagi reklamalar shu g’oyani sotgan.
Lekin biz boshqa yo’lni tanladik. Samaradorlik, «Productivity», ko’proq narsalarga ulgurish yo’lini tanladik. Natijada oldingidanda ko’proq bandmiz. Vada qilingan narsalarga oldingidanda kamroq vaqt sarflayapmiz.
Fikrimcha, Sun’iy intellektning ham «vadasi» yolg’on. «Biz ko’proq narsalarga uning yordamida erishamiz va u bizdan hamma ishlarni oladi» degan gap huddi kirmoshinani bizga sotganlarni vadasidek tuyulyapti. Chunki uni bilganingiz sari, ko’proq band odamga o’xshab ketyapsiz. Bilmasangiz esa, butunlay orqada qolish xavfi bor.
Men shu davrda o’rtani qidirayotgan bir odamman go’yoki. Lekin bu qiyin ish ekan. O’rta muhim. Yaxshi bo’pketar.
© Xurshid Maroziqov 04.07.2025
Kelajak ta’limi: Sinfxonadan ustoz-shogird tizimiga o‘tish Bir asrdan oshiq vaqt davomida ta’lim bir model asosida…
Avvallari ma’lumot olish ham qiyin edi, uni tekshirish esa ikki barobar. Masalan Buxoriy bir ma’lumotni…
Ilmiy maqolalar ko'paymoqda, lekin haqiqiy yangiliklar kamaymoqda. Minnesota universiteti tadqiqotchisi Russell Funk ikki yil oldin…
Kuzatib yurgan va organib tasdiqlagan narsalarim 1. Endi tanangiz 25 yoshli tana emas. Endi sizning…
DeepL kompaniyasi butun internetni 18 kunda tarjima qilishga erishibdi. Nemislar NVIDIA’ning eng yangi superkompyuteri bilan…
WWDC - dasturchilar uchun 2025 yilgi konferensiyasi boshlanish arafasida. Ish qilib nimadir bormikin? Muammo shundaki,…