← 1Foiz
Maqola

Hammasi tezlashib ketyapti...

Xurshid Maroziqov14.06.2025

DeepL kompaniyasi butun internetni 18 kunda tarjima qilishga erishibdi.

Nemislar NVIDIA'ning eng yangi superkompyuteri bilan bu natijani qayd etgan. Bu ko'rsatkich avvalgi 194 kunlik vaqtdan keskin kamayganini anglatadi.

Bu nima degani:

Oksford ingliz tili lug'ati ikki soniyada tarjima qilinadi (avval 39 soniya).

Marsel Prustning "Yo'qolgan vaqtni izlash" kitobi 0.09 soniyada tarjima bo'ladi.

Aytgancha, DeepL kompaniyasi hozirda 2 milliard dollar qiymatga baholanadi va Fortune 500 kompaniyalarining 50 foizi uning xizmatlaridan foydalanadi.